Mbappe niyatiga yetadiganga o‘xshaydi
“PSJ”da yana bir o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

“PSJ” hujumchisi Neymar faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. 30 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, London klubi Neymarni 2023 yilda sotib olmoqchi. O‘tgan yozda “Chelsi” braziliyalik futbolchini ijaraga olish imkoniyatiga ega edi, ammo londonliklar futbolchining maoshini “PSJ” bilan kelisha olmadi. Endi “Chelsi” bu imkoniyatni yana ko‘rib chiqmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 yilgi mavsumda Neymar “PSJ” safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt onlayn portali futbolchining narxini 75 million yevroga baholamoqda.







