Fransiyada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
U 57 foiz ovoz to‘pladi.

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining oy o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.
Argentinalik futbolchi muxlislarning 57 foiz ovozini qo‘lga kiritdi. Sentyabr oyida u Fransiya chempionatida uchta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. 35 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda Parij klubi safida barcha turnirlar doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







