FIFA yana bir islohotni amalga oshiradi
Endi futbolchilarning transferi ustidan nazorat kuchaytiriladi.

FIFA prezidenti Janni Infantino yangi islohot haqida gapirib, undan ko‘zlangan maqsad futbolchilarning transferlari ustidan nazoratni kuchaytirishdan iboratligini aytdi.
“Xalqaro transfer reglamenti islohoti aniq xabar beradi. FIFA o‘yinlar yaxlitligini himoya qilish va bahslarning birdamlik va oshkoralik ruhida muammosiz o‘tishini taʼminlash tarafdori. Futbol hisobdorlikka asoslangan va o‘yinning barcha darajalarida adolatli qayta taqsimlashni qo‘llab-quvvatlaydigan transfer tizimini yaratishi kerak”, — deya Infantinoning so‘zlaridan FIFA rasmiy sayti iqtibos keltirdi.
2022-yil 16-noyabrda kuchga kiradigan qoidalar klublar o‘rtasidagi to‘lovlarni markazlashtirish, qayta ishlash va avtomatlashtirishni amalga oshiradigan meʼyorlar to‘plami bo‘lib, xalqaro transfer tizimi doirasida moliyaviy shaffoflik va adolatni taʼminlashi kerak.







