“Oliveyra Maxachevni nokaut evaziga mag‘lub etadi”
Sobiq UFC chempioni bo‘lajak jang haqida gapirdi.

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xose Aldo rossiyalik jangchi Islom Maxachev va braziliyalik Charlz Oliveyra o‘rtasidagi bo‘lajak chempionlik jangi borasida o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Oliveyra uchun qiyin jang bo‘ladi. Bilaman, Charlz jiu-jitsuda zo‘r, lekin hech kimning Maxachev bilan maydonda jang qilib, ustunlikka erishganini ko‘rmaganman. Barcha Islomning chempionga aylanishi xohlayapti. Biroq, o‘ylaymanki, Charlz bu to‘qnashuvda nokaut evaziga g‘alaba qozonadi”, — deya Aldoning so‘zlaridan “MMA Fighting” iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi duel bugun Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.







