"Hurmat hamma narsadan ustun”
Maxachev bir necha kun oldingi raqibi bilan suratga tushdi.

Aralash yakkakurash bo‘yicha rossiyalik jangchi, yengil vaznda yangi UFC chempioni Islom Maxachev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi postni eʼlon qildi.
Maxachev 22-oktabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 280 turnirida chempionlik jangida raqibi bo‘lgan braziliyalik jangchi Charlz Oliveyra bilan tushgan suratini joylashtirdi.
“Hurmat hamma narsadan ustun. Braziliyalik barcha muxlislarga katta rahmat”, — deb yozdi Maxachev ushbu suratni ilova qilib.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi duel ikkinchi raundda yakuniga yetdi. Rossiyalik jangchi bo‘g‘ish usuli bilan raqibini mag‘lub etdi va yengil vaznda UFC chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Maʼlumot o‘rnida: Maxachev professional aralash yakkakurashlarda 24 ta jang o‘tkazgan. U janglarning 23 tasida g‘alaba qozongan va faqat bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.







