Sport

Ishsiz yurgan murabbiylar

Ularning safiga yaqinda Stiven Jerrard qo‘shilgandi.

Ishsiz yurgan murabbiylar

 

Yaqinda Stiven Jerrard “Aston Villa” bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. “Fulhem” bilan o‘yindan so‘ng uning klubdagi taqdiri hal bo‘ldi. Jerrardning Premyer-ligadagi birinchi tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lmadi.

 

Bu ishdan bo‘shatish Premyer-ligada mavsum boshidan beri to‘rtinchisi bo‘ldi. “Bornmut”dan Skott Parker bu ro‘yxatni boshlab berdi. Undan keyin Tomas Tuxel va Bruno Leyj ham bunga qo‘[shildi. Bundan tashqari hozirda Brendan Rojersning “Lester”dagi va Frenk Lempardning “Everton”dagi faoliyati uzoq vaqtdan beri muhokama qilinmoqda. Ayni damda dunyoning bir qator murabbiylari ishsiz yuribdi. Quyida mazkur murabbiylar haqida maʼlumotga ega bo‘lishiningiz mumkin:

 

Zinedin Zidan

 

Yaqinda Zidan borasida Fransiya terma jamoasi va “PSJ”da bir qancha mish-mishlar tarqaldi, ammo ularning barchasi tasdiqlanmadi: “Real”dan ketganiga deyarli bir yarim yil o‘tgan bo‘lsada, Zidan bironta jamoani boshqarishga shoshilmayotganga o‘xshaydi. Bundan avvalroq, “Yuventus” va “PSJ” kelasi yozda murabbiy uchun kurash olib borishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

 

Ole-Gunnar Sulsher

 

“Manchester Yunayted”dan ishdan bo‘shatilganidan so‘ng, u Norvegiyaga qaytdi. Kuz boshidan beri Sulsher o‘g‘li o‘ynaydigan “Kristiansund U-14” jamoasining mashg‘ulotlarining haftasiga ikki yoki uch marta olib bormoqda. Norvegiyaning Tidens Krav nashri mutaxassis shu vaqt ichida unga tushgan barcha takliflarni rad etganini yozdi. Biroq murabbiyga kimlar qo‘ng‘iroq qilganini maʼlum qilmagan.

 

Rafael Benites

 

Ispaniyalik murabbiy “Everton”ga klubda muhim o‘zgarishlar boshlanganida kelgan edi. Transfer uchun kam pul sarflanishi klubda o‘zgarish qilish imkonini bermadi. Shu sababli Benitesning jamoadan ketishiga olib keldi.

 

Klaudio Raneri

 

Raneri “Uotford”da uzoq vaqt ishlamadi: u 2021 yilning oktabrida jamoani qabul qilib olgandi. Hamda 2022 yilning yanvarida esa ishdan bo‘shatildi. U yerdagi vaziyat halokatli edi. Raneri jamoasi bilan 14 ta uchrashuvda 11 ta mag‘lubiyatni totib ko‘rishga majbur bo‘ldi. O‘shandan beri italiyalik murabbiyning karyerasi haqida hech qanday xabar yo‘q.

 

Maurisio Pochettino

 

Pochettino “PSJ” safida Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Yevropaning eng nufuzli turnirida chempion bo‘lish uzoq vaqtdan beri parijliklarning asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Bir qator yulduz futbolchilar bilan ham bu natijaga erisha olmagan murabbiy shu sababli ishdan bo‘shatildi. Pochettinoga allaqachon “Yuventus”, “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Nitsa”dan takliflar bo‘lgan. Biroq, uning kelajagi haqida hozircha aniq maʼlumotlar yo‘q.

 

Yoaxim Lyov

 

Jahon chempioni bo‘lgan murabbiy o‘tgan yili Germaniya terma jamoasini tark etgan edi. Bu muddat ichida u ishsiz yuribdi. Shundan so‘ng murabbiyga “Fenerbaxche”, “Real Madrid”, “PSJ” va hatto Rossiya terma jamoasidan takliflar bo‘lgan. May oyida “Sky Sport Deutschland” nashri Lyovning aniq takliflari borligi va u klubda ishlashni xohlayotgani haqida xabar bergan edi. Ammo o‘shandan beri sukunat hukm surmoqda.

 

Tomas Tuxel

 

Tuxelning “Chelsi”dan chetlatilishi barchani hayron qoldirdi. Yozda, yangi xo‘jayin Todd Bouli o‘zining keng ko‘lamli islohotlarini boshlaganida, tomonlar til topishib, hamma narsaga kelishib olgandek tuyulgandi. Hozirda nemis OAVlari murabbiy “Bayer”ning taklifini rad etgani, bundan tashqari u “Bavariya”ni boshqarishi mumkinligini yozishgan. Tuxelni bu variant qiziqtirmoqda. So‘nggi paytlarda murabbiy Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Xulen Lopetegi

 

Lopetegi “Sevilya”da uch mavsum ishladi, ammo kuzda uning klubdagi faoliyati yakuniga yetdi. Chempionlar ligasi doirasidagi uy uchrashuvida Dortmundning “Borussiya” klubidan qabul qilingan dahshatli mag‘lubiyatdan so‘ng (1:4) darhol rahbariyat u bilan xayrlashdi. Ketishdan oldin Lopetegi “Vulverxempton” bilan bog‘langan. Insayderlar “Sevilya” uning o‘rniga o‘rinbosar qidirayotganliklarini xabar qilishgan.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ishsiz yurgan murabbiylar | Zamon.uz