Barcha davlat maktablarida direktor jamg‘armasi tashkil etiladi
Direktor jamg‘armasi mablag‘lari faqat o‘qituvchilarga ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi.

Ustamalar bilan maktabning o‘quv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.
Maktab xodimlariga Direktor jamg‘armasidan har oylik ustamalar va boshqa rag‘batlantirishlar belgilash to‘g‘risidagi qarorlar maktab huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.
Bunda xalq taʼlimi bo‘limlarining maktablar huzuridagi maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.







