“PSJ” futbolchisi Chempionlar ligasi rekordlaridan birini yangiladi
U kecha 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“PSJ”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi “Makkabi Xayfa”ga qarshi o‘yinda (7:2) ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Buning natijasida u turnir rekordlaridan birini yangiladi. Bu haqda “Opta Jou” nashri xabar berdi.
Manba taʼkidlaganidek, Lionel Messi Chempionlar ligasi tarixidagi eng keksa futbolchi bo‘lib, u bir o‘yinda ikki marta gol urgan va ikki golli uzatma bergan futbolchiga aylandi. U ayni damda 35 yoshda.
Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsumda “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va transfer narxi esa 50 million yevroga baholangan.







