Uchta top-klub Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi
Ispaniyalik muxlislarga havas qilib bo‘lmaydi.

Kecha Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Natijada bir nechta top-klublar birdaniga pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. Quyida guruhlardagi holat haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
A guruhi
“Napoli” so‘nggi tur natijalariga ko‘ra pley-offga chiqdi. “Liverpul” esa buni so‘nggi turlarga qoldirdi. Angliya jamoasi nafaqat “Napoli”ni mag‘lub etishi, balki yirik hisobda ham muvaffaqiyat qozonishi kerak. “Reynjers”da Yevropa ligasiga yo‘l olish uchun hali ham imkoniyatlar mavjud, ammo buning uchun esa “Ayaks”ni yirik hisobda mag‘lub etish kerak. Gollandiya klubi birinchi davrada raqiblarini 4:0 hisobida mag‘lub etgandi.
B guruhi
Belgiya chempioni tarixda ilk bor Yevropaning eng nufuzli turnirining pley-off bosqichiga chiqdi. Hamda bu vazifani bir nechta tur oldin bajardi. Kecha klubga turnirni ikkita mag‘lubiyat bilan boshlagan “Portu” raqiblik qildi. Madriddagi aql bovar qilmaydigan yakun “Atletiko”ni pley-offdan chetlatdi. Endi ispan klubi Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun “Bayer” bilan kurash olib borishi kerak bo‘ladi.
C guruhi
Moʻjiza sodir bo‘lmadi. “Inter” “Viktoriya”ni mag‘lub etdi va 1/8 finalga “Bavariya” bilan birga yo‘l oldi. “Barselona” ketma-ket ikkinchi yil pley-off bosqichini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Endi Xavi jamoasini Yevropa ligasidagi o‘yinlar kutmoqda. “Bavariya” birinchi o‘rindan, “Inter” ikkinchi o‘rindan 1/8 finalga yo‘l oldi. Guruhdagi qolgan o‘yinlar unchalik ahamiyatga ega emas.
D guruhi
Bu guruhda eng chalkash vaziyat kuzatilmoqda. Barcha jamoalarda pley-offga chiqish imkoniyati bor. Hozircha “Tottenhem” biroz ustunlikka ega, ammo klub so‘nggi turda Fransiyada o‘ynaydi. Biroq, London jamoasiga durang o‘ynash kifoya, bu jamoaga pley-off yo‘llanmasini taqdim etadi. “Sporting” qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Ayntraxt”dan oldinda. So‘nggi turda ular Lissabonda o‘zaro o‘ynashadi.
E guruhi
5-tur yakunlariga ko‘ra, pley-offning yana bir ishtirokchisi aniqlandi. “Chelsi” 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, London klubi birinchi o‘rinni egallaydi. Chunki, jamoa o‘zaro uchrashuvlarda “Milan”dan ustunlikka ega. “Dinamo” uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi, chunki qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha italiyaliklarga yetolmaydi. “Milan” va “Zalsburg” 1/8 finalga ikkinchi yo‘llanma uchun kurash olib boradi. So‘nggi turda ular “San-Siro”da o‘zaro to‘qnash kelishadi.
F guruhi
Madridning “Real” klubi so‘nggi tur natijasiga ko‘ra 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa “Leypsig” va “Shaxtyor” daʼvogarlik qilmoqda. Oxirgi turda ular neytral maydonda o‘ynashadi. Nemis klubini durang ham qoniqtiradi, ammo Ukraina jamoasi ham g‘alaba qozonishga harakat qilishi turgan gap. “Seltik” to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda.
G guruhi
Bu guruhda hammasi aniq. “Man Siti” birinchi o‘rindan, “Borussiya Dortmund” esa ikkinchi o‘rindan joy oldi. “Sevilya” Yevropa ligasida o‘ynashda davom etadi, “Kopengagen” oxirgi o‘rindan joy oladi.
H guruhi
“PSJ” va “Benfika” pley-off yo‘llanmasini naqd qilib ulgurdi. “Yuventus” esa uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Bu guruhda kim g‘alaba qozonishi va kim Yevropa ligasiga yo‘l olishini bilishgina qoldi, xolos.







