Holandning holati bo'yicha ma’lumot berildi
U ertangi o‘yinga tushishi aniq emas.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Lester”ga qarshi o‘yin oldidan norvegiyalik hujumchi Erling Holandning holati haqida gapirdi.
“U o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biz bugungi mashg‘ulotdan so‘ng uning imkoniyatini baholashga muvaffaq bo‘ldik. U o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi, keyinroq bilib olaman”, — deya Gvardiolaning so‘zlaridan “Sky Sports” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasida “Borussiya”ga qarshi o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng Holand almashtirilgandi.
Ertaga, Angliya premyer-ligasining 14-turi doirasida “Manchester Siti” – “Lester” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda Gvardiola jamoasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.








