Shomurodovni ustozi yangi rekord o‘rnatdi
U Yevropada eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiyga aylandi.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropadagi 107-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, Italiya klubi kecha Yevropa ligasi guruh bosqichi 5-turida Finlandiya klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Portugaliyalik mutaxassis bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ser Aleks Fergyusonni ortda qoldirib, yevrokuboklarda eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiyga aylandi. Mourinyo bungacha “Portu”, “Chelsi”, “Real”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” klublarini boshqargan. Portugaliya klubi bilan u 2003-2004-yillar Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. “Manchester Yunayted” bilan 2017-yilda Yevropa Ligasida tengsiz deb topildi. “Roma” bilan esa 2021/2022 yilgi mavsumda Konferensiya Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.
Yevropa ligasining guruh bosqichida italiyaliklar ayni vaqtda yetti ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rindagi “Betis”da esa 13 ochko bor.







