Sport

Maxachevning navbatdagi jangi kimga qarshi bo‘ladi?

Sportchining oldida bir qancha variantlar bor.

Maxachevning navbatdagi jangi kimga qarshi bo‘ladi?

 

Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan UFC turnirida rossiyalik Islom Maxachev yengil vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylandi. Habib Nurmagomedovning do‘sti kamar uchun jiddiy kurash olib bordi. Maxachevni eng iqtidorli shogirdlaridan biri deb bilgan Abdulmanap Nurmagomedov ham shuni xohlardi.

 

Maxachev Oliveyrani ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Endi jangchi uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Ko‘pchilik Islomda kuchli tayyorgarlik yo‘q, deb hisoblaydi, ammo hozirgi chempionlik maqomi uning obro‘sini yana-da oshiradi. Shu bilan birga, Maxachev Habibning darajasiga chiqishi uchun uning oldida hali ko‘p vazifalar bor.

 

Yengil vazn toifasidagi chempionlik uchun navbatdagi davogar Aleks Volkanovski bo‘lishi barchaga maʼlum bo‘lib ulgurgan. U “UFC 280” turnirida Islom bilan kurishishga ham erishdi.

 

Aleks vazn toifasidan qatʼi nazar, yengil vazn toifasida o‘z maqomini juda ko‘p vaqt ushlab turdi. U endi yangi maqsadlarni oldiga qo‘ymoqda.

 

Biroq, Volkanovski bu to‘qnashuvda favorit bo‘lishi dargumon, chunki Aleks hatto o‘z vazn toifasi uchun ham eng kuchli jangchi emas. Yengil vazn uchun avstraliyalik jangchining bo‘yi kichkinalik qiladi. Uning bo‘yi 1,68 sm, Maxachev esa undan 10 sm uzonroq. Shu bilan birga, Islom yana-da kuchliroq jangchiga aylanishi mumkin. Sababi, u oxirgi jangda o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirdi. Shuning uchun masʼuliyatliroq bo‘lishga harakat qiladi. 

 

Volkanovski bilan jang haqiqatdan ham ehtimolga juda yaqin. Biroq, boshqa variantlar ham bor. Islom, Habibdan farqli o‘laroq, yarim o‘rta vazn toifasiga o‘tishga qarshi emas. Hozir bu unchalik muhim emas. Chunki, Islom endigina kamarni qo‘lga kiritdi va u keyingi jang haqida hozircha o‘ylagani yo‘q.

 

Yaqinda Usmon Leon Edvards bilan revansh jangini o‘tkazadi, Chimayev esa Kovington bilan to‘qnash kelishi mumkin. Shuning uchun, yaqin kelajakda mutloq chempionlik uchun kurash qizishi turgan gap. Shu tariqa Maxachev bir nechta himoya jangini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng u vaznini o‘zgartirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra Maxachev Hamzat Chimayev bilan ham jang qilish ehtimoli bor.

 

Ammo yengil vazn toifasida ham bir qancha variantlar mavjud. Dana Uayt Konorni qanchalik hurmat qilishini hamma biladi. Yaqinda Makgregor Jastin Getjiga qarshi jang qilishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Agar Volkanovski yengil vaznda jang qilish g‘oyasidan voz kechsa va Konor to‘satdan Getjini mag‘lub etsa, muxlislar kutayotgan narsa sodir bo‘lishi mumkin. Yaʼni, Islom Maxachev va Konor Makgregor jangi ko‘plab ishqibozlarning diqqat markazida bo‘lishi turgan gap.

 

Negaki, buni Dana Uaytning o‘zi ham orzu qilayotgan bo‘lsa, ajabmas. Biroq, Makgregor qachon UFCga qaytishi haqida aniq xabarlar mavjud emas.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Maxachevning navbatdagi jangi kimga qarshi bo‘ladi? | Zamon.uz