Ronaldu Portugaliyadagi eng qimmat uyni sotib oldi
U “Sporting”ga o‘tishi mumkin.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyada 18 million yevroga villa sotib oldi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar bermoqda.
Uy Portugaliya poytaxti Lissabondan 40 daqiqalik uzoqlikda joylashgan. Maydoni 2720 kvadrat metr bo‘lgan qasr uch qavatdan iborat. Ronaldu yer sotib olish va villa qurish uchun 18 million yevro sarflagan. Krishtianuning yangi uyi Portugaliyadagi eng qimmat ko‘chmas mulkka aylandi. Villa 2023 yil boshida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Lissabon yaqinida bunday qimmat turar joyni sotib olish Ronalduning “Sporting”ga ko‘chib o‘tishdan manfaatdor ekanligidan dalolat berishi mumkin.







