“Everton” yo‘l qo‘ygan katta xato
Holand bir vaqtlar liverpulliklar tarkibiga qo‘shilishi mumkin edi.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand “Everton”ga 2 million funt sterling evaziga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda “Toffee”ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Dunkan Fergyuson shunday dedi.
“Erling Holand ajoyib futbolchi! U aql bovar qilmaydigan ishlarni qilyapti, shunday emasmi? Xoh ishoning, xoh ishonmang, u “Everton” futbolchisi bo‘lishi mumkin edi. Otasi uni klubga olib keldi, lekin klub rahbariyati u bilan shartnoma imzolamadi. Holand “Everton”ga 15 yoki 16 yoshida kelgan, ammo klub uni sotib olishni istamagan. O‘sha paytda “Everton” buni to‘g‘ri qaror deb o‘ylamagandi”, — degan Fergyuson.
O‘tgan transfer oynasida Holand “Borussiya Dortmund”dan 51 million funt evaziga “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgandi. “Shaharliklar” safida bu mavsumda norvegiyalik futbolchi barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







