iPhone zavodi xodimlari ommaviy qochib ketdi
Xavfli vaziyat va ish sharoitlari norozilik keltirib chiqargan.

Xitoyda joylashgan dunyodagi eng yirik iPhone zavodi ishchilari COVID-19 epidemiyasi tufayli ommaviy qochish uyushtirishdi.
Qayd etilishicha, ishchilarning bir qismi oktabr oyi o‘rtalarida kasal bo‘lib, hech qanday davolanmagan. Shu munosabat bilan Foxsonn rahbariyati Chjenchjoudagi zavodda sanitariya cheklovlarini joriy qilgan.
Xodimlarga zavod hududida ovqatlanish, kampus atrofida harakatlanish taqiqlangan va himoya niqoblarini kiyish talab qilingan. Xavfli vaziyat va ish sharoitlari tufayli norozilikni keltirib chiqargan.
Xodimlar virus tarqalishi sababli Foxsonn kampusini tark etib, o‘z uylariga piyoda qaytgan.







