Messi hech qayerga ketmaydi
Uning qarori qatʼiy.

“PSJ”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi muhim turnirda g‘olib chiqmasdan Parij klubini tark etishni istamayapti. Bu haqda “LʼÉquipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Messi fransuz tilini o‘rganishda davom etmoqda va baʼzida hatto farzandlari bilan ham shug‘ullanadi. Hujumchi klublar o‘rtasidagi muhim turnirda g‘olib chiqmasdan Fransiya klubini tark etmoqchi emas. U “PSJ” rahbariyati bilan 2023 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.







