Moskvada MDH Xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ildi
Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etgan.

Moskvada MDH davlatlari Xavfsizlik kengashi kotiblarining o‘ninchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov boshchilik qilgan.
MDH ijroiya qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, Hamdo‘stlik makonidagi mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Zamonaviy dunyodagi barqarorlikka tahdidlar ham ko‘rib chiqilgan.
Afg‘oniston hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlari faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi.







