Anchelotti xotirjam
U jamoasining mag‘lubiyati haqida gapirdi.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining Ispaniya chempionatining 13-turida “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati (2:3) haqida gapirdi.
“Bizga yangilik yetishmayapti, lekin ko‘p o‘yinlardan keyin bu normal holat. Mavsumning birinchi qismiga baho berishimiz kerak. Bugun biz mag‘lubiyatdan xavotirdamiz, lekin Ispaniya chempionatida yaxshi o‘ringa egamiz va Chempionlar ligasining 1/8 finalidamiz. Endi “Kadis” bilan o‘yinni yaxshi yakunlashimiz kerak”, — deya Anchelottining so‘zlaridan “AS” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” uchun kechagi mag‘lubiyat Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi birinchisi bo‘ldi. 13 turdan keyin jamoa 32 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Barselona”dan ikki ochko ortda qolmoqda. Keyingi turda Madridning “Real” klubi “Kadis” bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.







