Bugun Oy tutilishi mumkin
Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi maʼlum qildi.

Bugun, 8-noyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – to‘liq Oy tutilishini kuzatishlari mumkin.
Ushbu tutilishning to‘liq fazasida oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida bo‘ladi. Oy tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, tutilishning to‘liq fazasi 1 soat 25 daqiqa davom etadi.
Mazkur hodisa O‘zbekistonda qisman kuzatiladi – o‘rta hisobda 1 soatdan ko‘proq tutilish kuzatilishi mumkin.
Oy tutilishi Oy chiqishidan avval boshlanadi, shuning uchun O‘zbekistonning hamma hududida tutilishning maksimal fazazi Oy ufqdan ko‘tarilganidan keyin bir necha daqiqa o‘tib kuzatiladi.
Oy to‘liq tutilishining jonli lavhasini ushbu havola orqali kuzatish mumkin.







