“Unda Ronaldu va Zidanning gol urish qobilyatini sezdim”
Peres Benzemani maqtadi.

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres “qaymoqranglilar” hujumchisi Karim Benzema bilan shartnoma imzolagani haqida gapirdi.
“Men uning uyiga kelganimda, u atigi 20 yoshda edi. Ammo o‘shanda ham men unda Zidan va Ronalduning gol urish qobiliyatini sezdim. Yillar davomida u yana-da yaxshilanib bordi. U ko‘p yillar davomida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga loyiq edi va oxir-oqibat shunday bo‘ldi. Men uning jamoamda ekanligidan faxrlanaman. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi”, — deya Peresning so‘zlaridan “Sport.es” iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema 2009 yilda “Real” futbolchisiga aylangan edi. Hujumchi joriy mavsum chempionatda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.







