Eng dolzarb

Buyuk Britaniyada tuxum sotish cheklanishi mumkin — OAV

Taʼkidlanishicha, sotuvchilar Polshadan tuxum import qilishni boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Buyuk Britaniyada tuxum sotish cheklanishi mumkin — OAV

 

Buyuk Britaniyaning eng yirik supermarketlari taqchillik tufayli tuxum sotishni cheklashi mumkin. Bu haqda “Sun” gazetasi xabar berdi.

 

Tovar taqchilligiga sabab parranda grippining navbatdagi tarqalishi va yoz jaziramasida millionlab tovuqlarning nobud bo‘lishi bo‘lgan. Bundan tashqari, Ukrainadagi mojaro boshlanganidan keyin daromadning pasayishi tufayli ko‘plab fermerlar sanoatni tark etmoqda.

 

Sotuvchilar Polshadan tuxum import qilishni boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu qo‘shimcha transport xarajatlari hisobiga mahsulot narxining oshishiga olib kelishi kutilmoqda.

 

Buyuk Britaniya bu yozda jazirama to‘lqinni boshdan kechirdi. 19 iyul kuni havo harorati avvalgi rekord +38,7 darajani yangiladi va +40,3 darajaga yetdi.

 

Oktyabr oyida Buyuk Britaniya Milliy statistika byurosi tuxum narxi o‘tgan yilga nisbatan 23,2 foizga oshganini ko‘rsatadigan maʼlumotlarni eʼlon qildi.

 

Kantar konsalting kompaniyasi tadqiqotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada oziq-ovqat inflyatsiyasi rekord darajadagi 14,7 foizga yetgan.

 

Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Yetkazib berish zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQSHda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Buyuk Britaniyada yashash narxining oshishi millionlab uy xo‘jaliklariga taʼsir qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Buyuk Britaniyada tuxum sotish cheklanishi mumkin — OAV | Zamon.uz