Kim aytdi Son Qatarga bormaydi deb?
Futbolchi jahon chempionatida qatnashadi.

“Tottenhem” klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xyon Min Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishini aytdi.
“Vatanim nomini himoya qilish men uchun sharaf. Tez orada Qatarda ko‘rishguncha!” — deb Fabritso Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.
Janubiy Koreyalik futbolchi Chempionlar ligasidan o‘rin olgan “Tottenhem” – “Marsel” o‘yinida Chansel Mbemba bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng, ko‘zidan jarohat olgandi. Keyinchalik yarim himoyachi operatsiya qilindi va u muvaffaqiyatli o‘tdi.
Qatardagi turnirni Janubiy Koreya terma jamoasi 24 noyabr kuni Urugvayga qarshi bahs bilan boshlaydi.







