Klopp qo‘l ostida “Liverpul”ning eng yomon kunlari
Hozirda ingliz jamoasining omadi yurishmayapti.

“Liverpul” Yurgen Klopp bilan aql bovar qilmaydigan muvaffaqiyatlarga erishdi. Biroq, bu vaqt orasida omadsiz kechgan kunlar ham bo‘ldi.
20.12.2015, “Uotford” 3:0 “Liverpul”
Kloppning dastlabki oylardagi “Liverpul”dagi faoliyati omadli o‘tmadi. U jamoadagi tizimli muammolarni hal qilishi va o‘rtamiyona klublarga qarshi o‘ynashi kerak edi. O‘shanda “Uotford” turnir jadvalida “qizillar”dan yuqorida edi va raqiblarini osonlikcha yengardi.
20.03.2016, “Sautgempton” 3:2 “Liverpul”
Yurgen va uning jamoasi uchun 2016 yilda “Sent-Meris”dagi mag‘lubiyat klub uchun yangi davrni boshlab berdi. Shundan so‘ng “Sautgempton” fubolchisi Sadio Mane “mersisaydliklar” safiga kelib qo‘shiladi. O‘sha kungi bellashuvda Mane ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
18.05.2016, “Liverpul” 1:3 “Sevilya”
Liga kubogini penaltilar ceriyasida “Manchester Siti”ga yutqazish, Yevropa ligasi finali uchun kechgan bahsda Unai Emeri jamoasiga mag‘lub bo‘lish klub uchun juda sharmandali edi. Kevin Gameyro hisobni tenglashtirgandan so‘ng, Koke dubl bilan javob bergandi.
09.09.2017, “Manchester Siti” 5:0 “Liverpul”
Ingliz klublari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tarixida juda ko‘p qiziqarli epizodlar kuzatilgan. Ammo 2017 yilgi o‘yin “Liverpul” muxlislari uchun eng og‘riqli uchrashuvlardan biri sanaladi. Manening jarohati va ikkidan gol urgan Gabriyel Jezus va Leroy Sane.
22.10.2017, “Tottenxem” 4:1 “Liverpul”
“Bugungi mag‘lubiyatga faqat o‘zimiz aybdormiz”. “Liverpul”ni Harri Keyn, Son Xyon Min va Dele Alli parchalab tashlagan o‘yin tugashi bilanoq “Liverpul” ustozi o‘z alamlarini yashira olmagandi.
26.05.2018, “Real Madrid” 3:1 “Liverpul”
Kiyevda o‘tgan Chempionlar Ligasining final o‘yinida “Liverpul” munosib o‘yin ko‘rsatdi. Ammo mag‘lubiyat baribir juda alamli bo‘ldi. Klopp o‘zini tuta olmadi va muxlislarga qarab shunday degandi: “Chempionlar ligasi kubogini ko‘rdik. Hamma omad Madrid tomonida edi. Biz ortga qaytmaymiz. Hamda kubokni Liverpulga olib kelamiz”.
01.05.2019, “Barselona” 3:0 “Liverpul”
Chempionlar ligasida “Ko‘k-anorranglilar” bilan mehmonda kechgan o‘yin Yurgen jamoasiga katta umidsizlik keltirdi. Biroq, javob o‘yinida Divok Origi va Jorjinyo Veynaldum jamoasining joniga oro kiradi.
29.02.2020, “Uotford” 3:0 “Liverpul”
“Liverpul” bilan birinchi dahshatli mag‘lubiyatdan besh yil o‘tib, Klopp yana bir alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. “Uotford” bilan sharmandali uchrashuv APLdagi eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyalardan biriga yakun yasadi. “Qizillar” o‘shanda qatorasiga 18 marta mag‘lubiyatga uchramagandi.
04.10.2020, “Aston Villa” 7:2 “Liverpul”
Bu o‘yin ham tarixga kirdi: “mersisaydliklar” beshta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lishdi. Bunday holat Klopp davrida atigi uch marta sodir bo‘ldi. O‘shanda Manening koronavirusga jalinishi va Alison Bekkerning jarohati “Liverpul”ni sezilarli darajada zaiflashtiradi.
09.07.2022, “Napoli” 4:1 “Liverpul”
“Men o‘yinni ko‘p marta tomosha qildim va to‘g‘risini aytsam, bu dahshatli shou edi. O‘shanda jamoani qabul qilib olganimdan beri eng yomon o‘yin bo‘ldi”, — dedi Klopp uchrashuv yakunlanganidan so‘ng.







