O'zbekiston

Ekspert: Afg‘onistondagi barqarorlik butun TDT makoniga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi

Zamon.uz Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik masalasida mutaxassisga yuzlandi.

Ekspert: Afg‘onistondagi barqarorlik butun TDT makoniga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi

 

Turkiy davlatlar tashkilotida iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilm-fan sohalaridagi tashabbuslar bilan birga xavfsizlik yo‘nalishidagi hamkorlik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon.uz ushbu masala va TDT makonidagi xavfsizlikka tahdidlar bo‘yicha mutaxassis fikri bilan qiziqdi.

 

Omonulla Muhammadjonov, yuridik fanlar doktori, professor:

 

— TDTning birinchi sammiti turli sohalar qatori, xavfsizlik masalasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchayishiga olib keladi. Tashkilotga aʼzo davlatlar turli yo‘nalishlar qatori, xavfsizlik sohasida ikki va ko‘p tomonlama kelishuvlarga ega.

 

Ayniqsa, hozirgi murakkab vaziyatda tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. TDT makonida taraqqiyotga xizmat qiladigan omillar bilan bir qatorda, unga to‘sqinlik qiladigan faktorlar ham bor.

 

Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Afg‘onistondagi vaziyatning barqarorlashuvi muhim sanaladi. O‘zbekistonning afg‘on yo‘nalishida ochiq va o‘zaro manfaatli siyosatini alohida qayd etish lozim. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Afg‘onistonga yondashuv tubdan o‘zgardi. Avvallari tahdid makoni sifatida ko‘rilgan bu mamlakat hozirda Markaziy Osiyo iqtisodiy makonining ajralmas qismi deb taʼkidlanmoqda. Afg‘onistondagi barqarorlik nafaqat mintaqa, balki butun turk dunyosidagi xavfsizlikka taʼsir ko‘rsatadi.

 

Kavkaz mintaqasidagi vaziyatni ham alohida qayd etish lozim. So‘nggi yillarda Qorabog‘da kuzatilayotgan  keskinlik TDT makoniga ham taʼsir ko‘rsatdi. Ushbu muammoni siyosiy vositalar yordamida hal qilish katta ahamiyatga ega.

 

Umuman, TDT doirasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning kuchaytirish unga aʼzo davlatlar taraqqiyoti va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.