Ronaldu Manchesterdan “uchadi”
Futbolchining agenti “Bavariya” vakillari bilan uchrashdi.

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu va uning agenti Xorxe Mendesh o‘tgan haftada “Bavariya” vakillari bilan uchrashgan. Qayd etilishicha, “Bavariya” ham Ronalduga qiziqish bildirmoqda, chunki ular myunxenliklar klubi hujumchisi Sadio Manening formasidan xavotirda. Klub Erik Choupo-Motingning kelajagiga ishonchi komil emas.
Oldinroq, Ronaldu intervyu berib, u klub bosh murabbiyi Erik ten Xagni hurmat qilmasligini, shuningdek, “Manchester Yunayted” tomonidan xiyonat qilinganini his qilayotganini aytgandi. Shuningdek, portugaliyalik hujumchi jamoani tark etishga tayyorligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Manchester Yunayted”da 2021 yildan buyon to‘p suradi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.







