Qatar-2022ning finalida kimlar to‘qnash kelishi mumkin
So‘z Neymarga.

Braziliyalik hujumchi Neymar bo‘lajak jahon chempionati favoritlarini aytdi. Shuningdek, Angliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchilari haqida ham gapirdi.
“Jahon chempionati kutilmagan hodisalarga boy. Ko‘pchilik ularga ishonmasa ham, kutilmaganda raqobatda ajoyib ishlarni amalga oshiradigan jamoalar paydo bo‘ladi. Lekin menimcha favorit Argentina, Germaniya, Ispaniya va Fransiya. Bu to‘rtlik Braziliya bilan birgalikda finalga chiqishga qodir. Eh, men Angliyani unutdim, lekin ularda ham imkoniyat borligi aniq! Menga Harri Keyn va Jeydon Sanchoning o‘yini juda yoqadi”, — deya Neymarning so‘zlaridan “The Telegraph” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Jeydon Sancho Angliya terma jamoasining jahon chempionati uchun so‘nggi qaydnomasiga kiritilmagan.







