“Juda yaxshi fantaziya”
Ronaldu jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘yin haqida gapirdi.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarning jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorligi hamda turnir finali haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Menimcha, Qatar jahon chempionatini o‘tkazishga tayyor. Mavsum o‘rtasida o‘ynash g‘alati, lekin ayni paytda qiyinchilik ham tug‘diradi. Va bu yaxshi. Men o‘zimni ajoyib his qilyapman. Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynash?! Ajoyib bo‘lardi. Juda yaxshi fantaziya”, — deya Ronalduning so‘zlaridan “The Sun” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati yakshanba kuni boshlanadi. Turnirning ochilish o‘yinida Qatar va Ekvador terma jamoalari maydonga tushadi.







