Sport

Qatar qirollik oilasi FIFAga yana bir talab qo‘ydi

Mezbonlar spirtli ichimliklar sotishni taqiqlamoqchi.

Qatar qirollik oilasi FIFAga yana bir talab qo‘ydi

 

Qatar qirollik oilasi JCH-2022 vaqtida stadionlarda musobaqa boshlanishiga ikki kun qolganda pivo sotishni taqiqlamoqchi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, musobaqa mezbonlari FIFAga bosim o‘tkazib, jahon chempionatidagi pivo siyosatini o‘zgartirish va o‘yinlar o‘tkaziladigan sakkizta stadionda ichimlik sotilishini to‘xtatishni talab qilgan. Eslatib o‘tamiz, tashkilot ishlab chiqaruvchilardan biri bilan yirik shartnoma imzolagan bo‘lib, u Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatida ham ichimliklarni taqdim etgandi.

 

Ehtimol, bugun bu masala bo‘yicha qaror paydo bo‘lishi mumkin. Qatar va Ekvador o‘rtasidagi jahon chempionatining ochilish o‘yinida muxlislar stadionda pivo sotib ololmaydilar.

 

Eslatib o‘tamiz, JCH-2022dagi ilk o‘yin 20 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Qatar terma jamoasi Ekvador bilan bahs olib boradi.

 

Qatar qirollik oilasi FIFAga yana bir talab qo‘ydi | Zamon.uz