Sport

Futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixi

Ertaga Qatarda navbatdagi mundialga start beriladi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixi

 

Qatar davlatida yana bir futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda 32 ta terma jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Musobaqaga ertaga rasman start beriladi. Aslida, ushbu jahon chempionati birinchi bor qachon va qayerda o‘tkazilgan, unda kim g‘alaba qozongan? Musobaqa tarixi haqidagi shunga o‘xshash savollarga quyida birgalikda javob topamiz.

Urugvay – 1930

Jahon chempionati birinchi bor bundan 92 yil avval Urugvayda bo‘lib o‘tgan. Ayni vaqtda ushbu musobaqada ishtirok etgan bironta sportchi qolmagan. 2010-yil o‘zining 100 yoshini qarshi olgan argentinalik hujumchi Fransisko Varallo ushbu chempionat haqida quyidagi fikrlarni bildirgandi. “Biz Urugvay bilan finalga urushga borgandek borgandik”, deb futbolchi Urugvayga qarshi kechgan final o‘yinini shunday eslagandi. U shuningdek mag‘lubiyatni hali ham unutolmaganini taʼkidlagan.

Urugvayda o‘tgan chempionatda 13 ta terma jamoa qatnashgan. Birinchi, ikkinchi o‘rinlarni Urugvay va Argentina terma jamoalari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarga AQSH va Yugaslaviya termalari joylashadi.

Italiya – 1934

Urugvayda bo‘lib o‘tgan birinchi turnir ko‘p jihatdan eksperimental jahon chempionati sifatida o‘tgan. Sababi, futbolchilarning himoyasi to‘liq taʼminlanmagan. Ammo muvaffaqiyatli debyutdan so‘ng, ikkinchi turnir uchun 32 ta davlat ariza topshirgan. Biroq, dunyoning eng nufuzli musobaqasida bu jamoalarning barchasi ham ishtirok etish huquqiga ega bo‘la olmadi. Shundan so‘ng chempionatda 16 ta terma jamoa qatnashdi. Hamda yakunda mezbonlar chempionlikni tantana qilishdi. Ikkinchi o‘rin Chexoslavakiyaga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi, to‘rtinchi pog‘onalardan Germaniya va Avstriya termalari joy olishdi.

Fransiya – 1938

1934-yilgi mundialda g‘alaba qozongan Italiya termasi Fransiya o‘tgan turnirda ham chempionga aylandi. Qiziq tomoni italiyaliklar bosh murabbiy Vittorio Pozzo terma jamoani ikki bor jahonda tengsiz qilgan yagona murabbiyga aylanib qoldi. Hozirgacha Pozzoning bu natijasini hech kim takrorlay olgani yo‘q. 1938 yilda ham chempion bo‘lgan italiyaliklar yorqin avlodining zafarli yurishi ikkinchi jahon urushi boshlanmaganda balki, hali tugamagan bo‘lardi. Keyingi jahon chempionatini urush sabab 12 yil kutishga to‘g‘ri keldi. Fransiyada o‘tgan turnirda 15 ta jamoa ishtirok etadi. Kumush medalga Vengriya ega chiqqan bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni Braziliya va Shvetsiya termalari qo‘lga kiritadi.

Braziliya – 1950

Noanʼanaviy tarzda o‘tgan Janubiy Amerikadagi chempionatda 13 ta jamoa qatnashadi. Ular musobaqa g‘olibligi uchun yuqori va quyi ligalardan iborat alohida turnirlarda bahs olib boradi. Uchrashuvlar so‘ngida esa, yana Urugvay terma jamoasi chempionlikni tantana qiladi. Keyingi o‘rinlardan Braziliya, Shvetsiya va Ispaniya jamoalari joy oladi.

Shvetsariya - 1954

1950-yilda Braziliyada bo‘lgani kabi, 1954-yilda Shveysariyada ham chempion bo‘lgan davlat finalda raqiblarini minimal hisobda mag‘lub etadi. Bundan tashqari, finalda Germaniyaga yutqazgan vengriyaliklarning muvaffaqiyatsizligi braziliyaliklarning Rio-de-Janeyrodagi mag‘lubiyatiga qaraganda ancha og‘irroq oqibatlarga olib keladi. Maʼlumot uchun mazkur turnirda 16 terma bahs olib boradi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar Avstriya va Urugvay jamoalariga nasib etadi.

Shvetsiya – 1958

 

“Bizda juda ko‘p isteʼdodli futbolchilar bor...”. Bu 1958-yilgi jahon chempionati haqida aytilgan haqiqatlardan biri edi. O‘sha yozda futbol olami ilk bor 17 yoshli braziliyalik Pelening o‘yinidan bahra olishga muvaffaq bo‘ldi. U Shvetsiyadagi turnirda boshqalardan o‘zining ajoyib texnikasi bilan ajralib turardi. Musobaqa yakunida ham Braziliya finalda mezbonlarni mag‘lub etib chempionga aylanadi. Keyingi pog‘onalardan Fransiya va Germaniya termalari joy oladi.

Chili – 1962

Braziliyaliklarning Chilidagi o‘yini to‘rt yil oldingi Shvetsiyadagi o‘yinlariga kabi yorqin taassurot qoldiradi. Musobaqa davomida jarohat olgan Pele qolgan bahslarda ishtirok etolmaydi. Biroq, uning o‘rnini Garrincha egallaydi va yakunda turnirning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ladi. Jamoasi esa finalda Chexoslavakiyani mag‘lub etib ikkinchi chempionlikni tantana qiladi. Chili va Yugaslaviya keyingi o‘rinlarni qo‘lga kiritadi. Chempionatda 16 ta jamoa ishtirok etgan.

Angliya – 1966

Mazkur chempionatning final uchrashuvining 100-daqiqasidagi gol borasidagi bahslar hozirgacha to‘xtamagan. Natijada bahsda inglizlar nemislarni qiyinchilik bilan mag‘lub etadi. Mundialning uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlariga Portugaliya va SSSR termalari joylashadi. Bunda ham 16 jamos qatnashgan.

Meksika – 1970

1970 yilgi chempionat juda muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, hujumkor va halol futbolning g‘alabasiga aylangan. Meksika stadionlarida hakamlar umuman qizil kartochkalarga murojaat qilmagan. Shuning hisobiga ham eng yorqin o‘tgan turnir sifatida musobaqa tarixida qoladi. Chempionatda yana Braziliya chempion bo‘ladi. Italiya, Germaniya va Urugvay keyingi o‘rinlarni qo‘lga kiritadi.

Germaniya – 1974

Germaniya terma jamoasiga hurmat bilan qaraydigan bo‘lsak, ko‘pchilik hali ham 1974-yilgi chempionlik unvoniga Gollandiya munosibroq ekanini bilishadi. Har holda, aynan ular Germaniyaga qaraganda yorqinroq o‘yin ko‘rsatadi. Chempionatning uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarini Polsha hamda Braziliya termalari egallaydi. Unda ham 16 ta terma bahs olib borgan.

Argentina – 1978

Ushbu musobaqadan oldin jahon chempionatida ilk bor ishtirok etish istagini bildirganlar soni yuztadan oshadi. Saralash o‘yinlarida 96 ta jamoa ishtirok etadi. Raqobat esa misli ko‘rilmagan darajada yuqori bo‘lib chiqadi. Turnirda esa mezbonlar chempionlikni tantana qiladi. Nedirlandiya, Braziliya va Italiya terma jamoalari keyingi pog‘onalarga joylashadi.

Ispaniya – 1982

Agar chempion turnir natijalariga ko‘ra emas, deylik, jamoatchilik fikrini so‘roviga ko‘ra aniqlanganida, 1982-yilda chempionlik shubhasiz ikki jamoa - Braziliya yoki Fransiya termalariga nasib etardi. Ammo natijada ularning ikkalasi ham finalga chiqa olmadi. Oltin medallar esa o‘z tarixida uchinchi bor italiyaliklarga nasib etadi. Musobaqada ilk bor 24 ta jamoa qatnashadi. Germaniya, Polsha, Fransiya navbatdagi medallarga sazovor bo‘ladi.

Meksika – 1986

Butun chempionatning asosiy voqeasi Argentina va Angliya o‘rtasidagi to‘qnashuv hisoblanadi. Hamda uning bosh qahramoni argentinaliklar sardori Diyego Maradona bo‘ldi. Dastlab, u antiqahramonga aylanishi mumkin edi, biroq bir necha daqiqa ichida haqiqiy qahramonga aylanadi va jamoasining g‘alaba qozonishiga munosib hissa qo‘shadi. Shu tariqa, Argentina turnir finalida Germaniyani mag‘lub etib, chempionga aylanadi. Uchinchi, to‘rtinchi o‘rinlar Fransiya va Belgiyaga nasib etadi. Musobaqada 24 ta davlatdan jamoalar ishtirok etgan.

Italiya – 1990

Apennin yarim orolida o‘tgan navbatdagi jahon chempionati tarixda eng “zerikarli” o‘tgan turnir sifatida muxlislarning yodida qoladi. Bu 17 bor o‘tgan avval chempionatlarga qaraganda juda zerikarli bo‘lgan. Buni mutaxasislar tasdiqlashgan. Bu mundial finalida ham Germaniya va Argentina jamoalari to‘qnash keladi. Bu safargi bahsda nemislarning qo‘li baland keladi. Keyingi o‘rinlardan Italiya va Angliya joy oladi.

AQSH – 1994

Shu vaqtga qadar jahon chempionatlari futbolga ishtiyoqi baland yoki bu sportga qiziqish yuqori bo‘lgan mamlakatlarda o‘tkazib kelinardi. 1994 yil esa bu anʼana buziladi. Tunirda braziliyaliklar chempion bo‘ladi. Qolgan o‘rinlar Italiya, Shvetsiya va Bolgariyaga nasib etadi.

Fransiya – 1998

32 terma jamoa ishtirok etgan birinchi turnir Zinedin Zidan va Fransiya terma jamoasi uchun foydali bo‘ldi. Va bu chempionat boshlanishidan oldin jurnalistlar Aime Jacquet jamoasini qattiq tanqid qilganiga qaramay, chempionat boshlanishi bilan Zidan boshchiligidagi termini ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi. O‘shanda fransuzlar musobaqa finalida Braziliyani mag‘lub etadi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarga Xorvatiya va Gollandiya joylashadi.

Yaponiya – Janubiy Koreya – 2002

Tashkiliy jihatdan tarixdagi eng yaxshi musobaqalardan biri bo‘lgan ushbu turnir avvallari jahon chempionatlarida porlamagan jamoani yuqori pog‘onaga ko‘targan, hakamlik mojarolari bilan ham yodda qolgan. Gap sensatsion tarzda yarim finalga qadar yetib borgan mezbonlar – koreyaliklar haqida ketmoqda. Shunga qaramay, finalda reytingi yuqori bo‘lgan Germaniya va Braziliya jamoalari uchrashdi. Natijada, janubiy amerikaliklarning qo‘li baland keladi.

Germaniya – 2006

Bu beqiyos Zizuning so‘nggi turniri edi va u musobada eng yaxshi futbolchi deb topildi. Ammo Zidanning Italiyaga qarshi finaldagi harakati fojiali tarzda bo‘ldi. Penaltidan hisobni ochgan fransuzlar yetakchisi o‘yinning 110-daqiqada Materatsining provokatsiyasiga javob qaytaradi va boshi bilan uning ko‘kragiga zarba beradi. Hamda qizil kartochkali bo‘ladi. Bu epizod finalning “bezagi”ga aylanadi. Zidansiz qolgan jamoa 11 metrlik seriyada italiyaliklarga qarshilik ko‘rsata olishmaydi. Natija Fransiya ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Keyingi o‘rinlarni Germaniya va Portugaliya jamoalari qo‘lga kiritadi.

Janubiy Afrika – 2010

Turnir qo‘shiq ohanlarining shiddatli sadolari ostida o‘tadi. Bu esa sharhlovchi, futbolchilarni ham bezovta qiladi. Ispaniya terma jamoasi Yevro-2008 final uchrashuvida bo‘lgani kabi yarim finalda Germaniyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixda ilk bor jahon chempionati finaliga chiqadi. Unda uchinchi bor mundial finaliga chiqqan Gollandiya mag‘lub etiladi. Keyingi o‘rinlar Germaniya va Urugvayga nasib etadi.

Braziliya – 2014

Tarixdagi ikkinchi Braziliya chempionatining so‘zsiz g‘olibi Germaniya terma jamoasi bo‘ldi. Musobaqa oldidan nemislar to‘liq favorit emas edi, biroq ular haqli ravishda tenglar orasida birinchi bo‘lishdi. Turnirning asosiy hodisasi Germaniya va Braziliya o‘rtasidagi yarim final o‘yini bo‘ldi. Unda nemislar Braziliyani 7:1 hisobida alamli tarzda mag‘lub etishadi. Ikkinchi o‘rin Messi boshchiligidagi Argentinaga nasib etadi.

Rossiya – 2018

Bu safargi mundial sensatsion natijalarga boy bo‘ladi. Unda kutilmagan Xorvatiya terma jamoasi turnir finaliga qadar yetib boradi. Biroq, tarkib jihatda kuchli bo‘lgan fransuzlar Xorvatiyani ayab o‘tirmaydi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlardan Belgiya va Angliya jamoa joy oladi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.