“Bu hazil edi”
“Roma” Ronalduni sotib olmoqchi emas.

“Roma” bosh direktori Tiago Pintu “Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Ronaldu hech qachon “Roma” uchun yaxshi variant bo‘lmagan. Mish-mishlar o‘rinli emas. Biz u bilan shartnoma imzolash uchun hech qanday muzokaralarni boshlamadik”, — deya Pintoning so‘zlaridan jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida iqtibos keltirdi.
Oldinroq Ronaldu Manchester klubi bilan bog‘liq muammolar sabab jamoadan ketishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.







