Sport

Ronalduning ispan jamoasiga o‘tish ehtimoli bor

U ayni vaqtda jahon chempionatiga tayyorgarlik olib boryapti.

Ronalduning ispan jamoasiga o‘tish ehtimoli bor

 

Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusidan so‘ng, uning “Manchester Yunayted”dagi kelajagi katta savol ostida qoldi. Hujumchi JCH-2022 guruh bosqichi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, uning vakillari faol ravishda futbolchiga klub izlashmoqda. Chunki portugaliyalik hujumchi endi Manchesterda qolishi dargumon. “ESPN” nashrining xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Ronaldu endi klubda o‘ynamasligini aytgan. Portugaliyalik futbolchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri “Real Madrid” bo‘lib turibdi.

 

Karim Benzema so‘nggi daqiqada Fransiya terma jamoasining JCH-2022 tarkibidan chetlatildi. Hujumchi chap sonidan jarohat olgan va uch haftani o‘tkazib yuboradi. Bu hujumchining mavsumdagi beshinchi jarohati bo‘lib, shu tariqa “Real Madrid” fransiyalik futbolchiga o‘rinbosar qidirishni tezlashtirishi mumkin. Ispaniyaning “Sport” nashri xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronalduning atrofidagilar “Qirollik klubi”ga uni Madridga qaytarishni taklif qilishgan.

 

“Krishtianu Madridga qaytishni xohlaydi. Uning “Atletiko”ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo ular bunchalik qimmatga tushadigan transferni o‘z zimmalariga olmoqchi emas. «Real Madrid» hozircha jim, ammo Benzemaning jarohati yangi rejalarni tuzishga majbur qilishi mumkin”, — deb yozadi “Sport” muxbiri Luis Migelsans. Jurnalistning aniqlik kiritishicha, Florentino Peres va Krishtianu Ronaldu hujumchi “Yuventus”ga ketganidan keyin ham yaxshi munosabatda bo‘lib qolishgan.

 

Shu bilan birga, yana bir sharhlovchi Xose Feliks Dias Ronalduning “Santyago Bernabeu”ga qaytishi haqidagi mish-mishlarni yo‘qqa chiqardi. Unga ko‘ra, “Real Madrid” Benzemaning jarohatiga qaramay, qishki transfer oynasida Krishtianu yoki boshqa hujumchini sotib olmaydi. Fransiyalik futbolchi yo‘qligiga qaramay, madridliklar jamoasida bitta taniqli hujumchi bor bu Mariano Dias. U so‘nggi bir yarim mavsumda 16 o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

 

Madridga qaytish Krishtianu Ronaldu uchun ajoyib variantidir. Agar “Real Madrid” uni qaytarib olmasa, portugaliyalik MLS klubi yoki Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Shira maʼlum qilgan. Biroq, bitta muammo bor Krishtianu Yevropa qolib, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlaydi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronalduning ispan jamoasiga o‘tish ehtimoli bor | Zamon.uz