“Bo‘lishi mumkin emas”
Xelayfi “PSJ”dagi bir sirni aytdi.

“PSJ” xo‘jayini va prezidenti Nosir Al-Xelayfi klubni sotish bo‘yicha katta taklifni rad etganini, biroq uning kichik qismini sotishga tayyorligini aytdi.
“Ular 4 milliard yevrodan ortiq taklif qilishdi. Biz klubni to‘liq sotmoqchi emasmiz, lekin ozgina foizini sotishni rejalashtiryapmiz? Biz turli xil takliflar haqida o‘ylayapmiz. Odamlar doimo “PSJ” haqida gapirishadi. Biz klubni 70 million yevroga sotib olgandik. Endi uning qiymati 4 milliard yevrodan oshadi. Bizda turli xil takliflar bor. Ha, bu ajoyib biznes. Biz yaxshi loyiha qilyapmizmi? Men bunga ishonaman. Biz klubni bugungi darajagacha olib chiqdik”, — deya Al-Xelayfining so‘zlarida “talkSPORT” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 1/8 bosqichida “PSJ” “Bavariya” bilan o‘ynaydi.







