Yaponiyalik futbol muxlislari hammani hayratga soldi
Qatarlikar ko‘zlariga ishonmadi.

Yaponiyalik muxlislar tarbiyasi va madaniyati bilan dunyoni yana bir bor lol qoldirdi. Bu Qatar va Ekvador o‘rtasidagi ochilish o‘yinida sodir bo‘ldi.
Lotin amerikaliklar birinchi bo‘limda ikkala golni ham kiritib, mezbonlarni 2:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etishdi. Natijada mahalliy muxlislar tanaffusdan so‘ng darhol stadionni tark eta boshlashdi va stadionda katta-katta joylar hosil bo‘ldi.
Ammo yaponiyalik muxlislar o‘yin o‘z vatandoshlariga tegishli bo‘lmasa ham bu o‘yinni oxirigacha tomosha qilishdi, shundan so‘ng ular stadion qatorlarini tozalashga kirishgan. Bu mahalliy futbol ishqibozlarini juda hayratda qoldirdi va quvontirdi, ular xursandchiliklarini yashirmadilar.
“Kimdir meni bu normal holat deb ishontira oladimi?”— dedi qatarlik muxlis.
Yaponiyaliklardan “Nega sizga tegishli bo‘lmagan narsalarni tozalaysiz?” deb so‘ralganida ular “yaponiyaliklar hech qachon axlat tashlamaydilar, biz joyni hurmat qilamiz”, deya javob berishgan.








