“Real” bir futbolchini nishonga oldi
U ayni vaqtda Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

“Chelsi” va Germaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Kay Xavers “Real”ning nishoniga aylandi.
Madrid klubi mutasaddilari jamoa skautlariga Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati mobaynida germaniyalik futbolchining harakatlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishni tayinlagan.
Ma’lumot uchun: “Chelsi” Xaversni 2020-yili “Bayer” dan 80 million yevroga transfer qilgan edi. Biroq joriy mavsumda Kay Xavers barcha turnirlarda 20 ta bahsda ishtirok etib, atigi to‘rtta gol urdi.








