Ronalduga yana bir “zarba”
U 16 mln funtdan quruq qolyapti.

Kecha “Manchester Yunayted” rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi. Lekin bir qancha nashrlar klub portugaliyalik futbolchiga kompensasiya to‘lamoqchi emasligi haqida xabar bermoqda.
Klub hamda futbolchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi kerak edi. Manbalar Ronaldu bitimni bekor qilish orqali 16 million funtdan quruq qolganini ta’kidlamoqda.
Aloqaning tamoman uzilishiga Ronalduning o‘z intervyusida klub rahbariyati va bosh murabbiyni keskin tanqid qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining o‘zi ayni paytda Qatardagi jahon chempionatida qatnashmoqda. Portugaliya terma jamoasi Gana, Janubiy Koreya va Urugvay bilan bir guruhdan joy olgan.








