Sport

JCH-2022: Birinchi tur haqida siz bilmagan faktlar

Bugun ikkinchi tur bahslariga start berildi.

JCH-2022: Birinchi tur haqida siz bilmagan faktlar

 

Ayni vaqtda Qatardagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Musobaqaning 1-tur o‘yinlari allaqachon ortda qoldi. Biz 16 ta o‘yin natijalariga ko‘ra qiziqarli faktlarni to‘pladik.

 

1. Qatar tarixda mag‘lubiyat bilan boshlagan birinchi jahon chempionati mezbon davlatiga aylandi.

 

2. JCH-2022dagi ilk golni ekvadorlik Enner Valensiya kiritdi. U Qatar bilan o‘yinda (2:0) penaltini golga aylantirdi. Tarixda birinchi marta jahon chempionati 11 metrlik zarba bilan ochildi.

 

3. Jud Bellingham 2000 yildan keyin tug‘ilgan jahon chempionatida gol urgan birinchi futbolchi aylandi. 19 yoshli angliyalik hujumchi Eronga qarshi bahsda gol urdi.

 

4. Angliya va Eron terma jamoalari jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq davom etgan o‘yinni o‘tkazishdi (qo‘shimcha vaqtni hisobga olmaganda). Jamoalar maydonda 117 daqiqayu 16 soniya vaqt o‘tkazishdi.

 

5. Argentina Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 2019 yil iyulidan beri davom etgan 36 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga yetdi.

 

6. Robert Levandovski JCH-2022da penaltidan foydalana olmagan birinchi futbolchiga aylandi. Uning penaltidan tepgan zarbasini meksikalik darvozabon Gilermo Ochoa qaytardi.

 

7. Amaldagi jahon chempionlari 2006 yildan beri birinchi marta turnirni g‘alaba qozonish bilan boshlashdi.

 

8. Olive Jiru Avstraliya darvozasiga ikki bor gol urdi va Fransiya terma jamoasi safida gol urish bo‘yicha Teri Anrining rekordini takrorladi.

 

9. 37 yoshli Luka Modrich uchta jahon chempionati va yana shuncha Yevropa chempionatida o‘ynagan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.

 

10. Germaniya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi jahon chempionatidagi ochilish o‘yinida mag‘lub bo‘ldi. To‘rt yil avval Rossiyada nemislar Meksikaga mag‘lub bo‘lgandi.

 

11. Ispaniya 16 yil ichida birinchi marta jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi. 2006 yilda ispanlar Ukrainani mag‘lub etishgan (4:0), keyingi uchta turnirda debyutda muammolarga duch kelishgan. 2010 yilda Shveytsariyaga (0:1), 2014 yilda Gollandiyaga (1:5), 2018 yilda Portugaliyaga (3:3).

 

12. Gavi - jahon chempionatida Peledan keyin eng yosh to‘purar. Ispaniyalik futbolchi Kosta-Rika bilan o‘yinda (7:0) 18 yoshu 110 kunligida, braziliyalik 1958 yilgi jahon chempionatida 17 yoshu 249 kunligida gol urgan.

 

13. Ispaniya Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda 81,7% to‘pga egalik qildi. Bu jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijadir.

 

14. Jon Xerdman - tarixda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida ishlagan birinchi murabbiy. U ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida uch marta qatnashgan (2007, 2011, 2015).

 

15. Kanada terma jamoasi sardori Atiba Xatchinson 1-turda o‘ynagan eng keksa futbolchi (39 yosh 290 kun).

 

16. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi beshta jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilar qatoriga kirishdi.

 

17. Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida klubsiz qolgan yagona futbolchi aylandi.

 

18. JCH-2022 1-turidagi eng tezkor gol avstraliyalik Kreyg Gudvin tomonidan kiritildi. U uchrashuvning 9-daqiqasida to‘pni fransuzlar darvozasiga kiritdi.

 

19. 2022 yilgi jahon chempionatining 1-turida to‘rtta golsiz durang qayd etildi. To‘rt yil oldin Rossiyada faqat fransuzlar va daniyaliklar durang o‘ynashgan. Qatarda bo‘lib o‘tgan musobaqada Daniya-Tunis, Meksika-Polsha, Marokash-Xorvatiya va Urugvay-Janubiy Koreya o‘rtasidagi bahslar golsiz yakunlandi.

 

20. 1-turda qizil kartochka ko‘rsatilmadi.

 

21. Umuman olganda, hakamlar 1-tur uchrashuvlariga 178 daqiqa qo‘shib berishdi, yaʼni o‘rtacha hisobda har bir o‘yinda taxminan 11 daqiqa kompensatsiya qilishdi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

JCH-2022: Birinchi tur haqida siz bilmagan faktlar | Zamon.uz