Eng dolzarb

Navoiy viloyatiga hokimligiga nomzod tavsiya etildi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda viloyatdagi ishsiz yoshlar va yordamga muhtoj ayollarni kasbga o‘qitish, bandligini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Navoiy viloyatiga hokimligiga nomzod tavsiya etildi

 

Viloyat iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerakligi taʼkidlandi. Tadbirkorlikni ko‘proq rivojlantirish, bo‘sh yotgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Navoiyda sanoatni yana-da rivojlantirish uchun juda katta zaxira va imkoniyatlar bo‘lgani bilan, ular to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi.

 

Qishloq xo‘jaligida mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Navoiy hududida 8,5 million gektar yaylovlar bo‘lgani bilan qo‘ychilik va qorako‘lchilik viloyatning drayveriga aylangani yo‘q.

 

Ijtimoiy sohada ham aholini qiynayotgan masalalar yetarli. Birgina “Tashabbusli byudjet” doirasida 326 ta mahalla tomonidan 2 ming 346 ta eng dolzarb muammo ko‘tarilgan.

 

Sessiyada Navoiy viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqilmoqda.

 

Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Navoiy viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov To‘lqunovich nomzodini tavsiya etdi.

 

Nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.

 

Nomzod viloyatda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini aytdi.

 

Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 122 mingta ish o‘rni yaratish imkoni bor.

 

Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

 

- kelgusi yilda 26 ta mahalliy sanoat markazi va kichik sanoat zonalarini tashkil etish;

- oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha 100 milliard so‘m, kelgusi yilda 600 milliard so‘m yo‘naltirish;

- Nurota, Xatirchi va Navbahordagi bo‘sh binolarda mono-markaz tashkil etib, kamida 5 ming yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;

- M-37 magistral yo‘lida 3,5 mingta servis obyektlarini ishga tushirish;

- Karmanadagi Mavlono Orif Deg-Garoniy majmuasini taʼmirlashga 15 milliard so‘m ajratish;

- 20 ta turizm mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 50 milliard so‘mlik loyihani 2023 yil davlat dasturiga kiritishga topshiriq berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Navoiy viloyatiga hokimligiga nomzod tavsiya etildi | Zamon.uz