Lineker Angliyani tanqid qildi
Kecha inglizlar AQSH bilan durang o‘ynadi.

Sobiq angliyalik futbolchi Gari Lineker Angliya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022 guruh bosqichining 2-turida AQSH terma jamoasiga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi.
“Angliya jamoasining dahshatli o‘yini. Ammo bu jahon chempionatida shu bosqichida sodir bo‘ldi. Murabbiy Garet Sautgeyt o‘yin borasida yaxshi taktika qo‘llay olmadi. Bundan tashqari, futbolchilarni almashtirishda xatoga yo‘l qo‘ydi”, — deya Lineker o‘zining twitter sahifasida post joyladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Angliya va AQSH terma jamoalari durang o‘ynadi. Ikki tur yakuniga ko‘ra, Angliya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib, Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining “B” guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda inglizlar Uelsga qarshi bahs olib boradi.







