Belgiyada yetishib chiqqan “Oltin” avlod
Bu qanday amalga oshirilgan?

2000-yillar boshida, butun Belgiya futbolida katta o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Sababi “Oltin” avlodni tayyorlash bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi. “Genk” yosh futbolchilarni yetishtirishga katta mablag‘ sarfladi. 2003 yilda “Kristal Arena” yonida futbol markazi ochildi. U esa tez orada Yevropaning top klublari uchun iqtidorlarni yetkazib beruvchi markazlardan biriga aylandi.
Jahon chempionati oldidan “Genk” ustozi va skauti Mishel Ribeyro Belgiyaning kengaytirilgan tarkibi suratini joylashtirdi va ushbu akademiyada yetishib chiqqan yetti nafar futbolchiga alohida eʼtibor qaratishni so‘radi. Bular Tibo Kurtua, Koen Kastels, Artur Tit, Timote Kastanya, Yannik Ferreyra Karrasko, Kevin De Bryuyne va Leandro Trossard.
“Bu faqat mening mehnatlarim natijasi emasligi aniq. Akademiyamizda barcha bir maqsad yo‘lida – yosh yigitlarni tarbiyalash, yuqori saviyada o‘ynash imkoniyatini berish ustida ishlamoqda. Bu yigitlar hozir jahon chempionatida ekanliklarini tushunganimda hayajonga tushaman... Kevin, Kurtua, hozir ham juda kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda”, — deya Ribeyroning so‘zlaridan “The Athletic” iqtibos keltirdi.
Ammo “Genk”ning sermahsulligi faqat Belgiya terma jamoasi bilan cheklanmadi. Kalidu Kulibali (Senegal), Sergey Milinkovich-Savich (Serbiya), Yoaxim Mehle (Daniya), Xerardo Arteaga (Meksika), Bilal El-Xannus (Marokash), Anjelo Pretsiado (Ekvador), Junya Ito (Yaponiya) va Denni Vukovich (Avstraliya) kabi futbolchilarni yetishtirib chiqardi.
“Biz har doim yaxshi o‘yinchilarni qidiramiz. Agar ular jismonan baquvvat bo‘lmasa ham, biz ularni qabul qilamiz. Biz isteʼdodni qadrlaymiz. Natija qiziqtirmaydi (aniqrog‘i, yoshlar futbolida). Ko‘plab boshqa klublar o‘yinlarda g‘alaba qozonishi kerak. Biz ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, lekin bu asosiy narsa emas. Asosiy maqsad yigitlar yaxshi, zamonaviy futbol o‘ynashlaridir”, — deya davom etadi Ribeyro.
“Genk”da Ribeyroning o‘rni beqiyos. Qisqa futbolchilik faoliyatidan so‘ng (u 28 yoshida faoliyatini jarohatlar tufayli tugatdi). Sobiq yarim himoyachi keyinchalik murabbiylik qildi.
Ribeyro jamoasining mashg‘ulotlardan tashqari skautlik bilan ham shug‘ullanadi. 2016 yildan beri “Genk” “SciSports” agentligining “SoccerLab” platformasi bilan hamkorlik qiladi. Ribeyro ko‘p yillar davomida yosh yigitlarning yutuqlarini kuzatib boradi va ularning kuchli tomonlarini qayd etadi.
“Men De Bryuyneni 15 yoshligini juda yaxshi eslayman. Kevin yaxshi o‘yinchi edi, lekin bu darajada emasdi. Biroq, biz darhol uning qandaydir iqtidori borligini sezdim. U har doim tinglashni bilardi, rivojlanishni xohlardi”.
Shu bilan birga, Ribeyro hamkasblarining eslashlariga ko‘ra, De Bryuyne xatti-harakatlarida muammolarga duch kelgan: “Kevin qiyin davrlarni boshidan o‘tkazgan. “Genk”da u yugurish va kuch mashqlarini yoqtirmasdi”.
Mishel Ribeyro
futbol murabbiyi, skaut
“Biz o‘yinchilarni turli pozitsiyalarda rivojlantiramiz, shuning uchun “Genk” har doim A, B va C rejalariga ega. Men ko‘p hayratga solgan - Kristian Benteke. Divok Origi “Genk” tizimida kuchli vinger. Umuman olganda De Bryuyne, balki, kerak bo‘lsa, darvozada ham o‘ynay oladi. Trossard va Carrasco ko‘p qirrali futbolchilar. Vilfrid Ndidi ham bizda o‘ynadi. U himoyaviy yarim himoyachi”.
“Genk”ning strategiyasi allaqachon klubga 2010/2011 va 2018/2019 yilgi mavsumlarda ikki marta chempionlikni olib kelgan. Ammo yetakchilar ketgach, barqarorlikni saqlab qolish qiyin bo‘lgan. Chunki, “Bryugge” va “Anderlext” kabi kuchli raqobatchilar bor edi.
So‘nggi 15 yillik natijalariga ko‘ra, “Genk” transfer xarajatlari va daromadlaridagi ijobiy farq bo‘yicha dunyoning kuchli 50 ta klublari qatoriga kiradi. Klub 288,54 million yevro ishlab topgan va 187,27 million yevro sarflagan. Va so‘nggi paytlarda farq kengayib bormoqda. “Genk” ajoyib o‘yinchilarni yetishtirib berishini allaqachon isbotlab bo‘ldi, shuning uchun klubning akademiyasi “Ayaks” yoki “Sautgempton” akademiyasi kabi hurmatga sazovor bo‘lib bormoqda.







