Kamerun darvozaboni mundialdan chetlatildi
Buning sababi maʼlum emas.

Kamerun terma jamoasi darvozaboni Andre Onana Serbiya terma jamoasiga qarshi jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur uchrashuvi oldidan intizomiy sabablarga ko‘ra jamoadan chetlatildi.
“Onana jamoadan olib tashlandi. Biz o‘zimiz uchun vaziyatni biroz qiyinlashtirdik”, — dedi Kamerun futbol federatsiyasi vakili.
Hozircha Onana nima uchun diskvalifikatsiya qilingani maʼlum emas, sabablari va jazo muddati oshkor qilinmayapti.
Kamerun — Serbiya uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. Afrika termasi darvozasidagi Onananing o‘rnini darvozabon Devis Epassi egallaydi.







