“Barselona”ning muvaffaqiyati Ispaniyaning muvaffaqiyatimi?
Klub prezidenti jamoasini yana bir bor “ko‘k”larga ko‘tardi.

“Barselona” prezidenti Joan Laportaning fikricha, Ispaniya terma jamoasining hozirgi holati bosh murabbiy Xavining Kataloniya klubida qilgan yaxshi ishlari bilan bog‘liq.
“Agar jamoa hozir yaxshi natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bu Xavining “Barselona”dagi ijobiy ishlarining natijasidir”, — deya Laportaning so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona”ning 8 nafar futbolchisi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida to‘p surmoqda. Bular Xordi Alba, Aleks Balde, Erik Garsiya, Serxio Buskets, Gavi, Pedri, Ansu Fati va Ferran Torres.
1-turda Ispaniya Kosta-Rikani 7:0 hisobida mag‘lub etdi, keyin esa Germaniya bilan durang o‘ynadi (1:1). So‘nggi turda Luis Enrike shogirdlari Yaponiya termasi bilan to‘qnash kelishadi.







