Ronaldu bu gol meniki deyapti
Kecha portugallar Urugvay ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning fikricha, JCH-2022 doirasida Urugvayga qarshi o‘yinda (2:0) birinchi gol uning nomiga yozilishi kerak deb hisoblayapti. O‘yindan so‘ng portugaliyalik hujumchi hissiyot bilan shunday dedi: “Teginish bo‘ldi! To‘p menga tegdi!” Uning so‘zlari jonli efir orqali namoyish etilgan. Bu haqda “O Jogo” nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Bruno Fernandeshning uzatmasini raqib darvozasiga yo‘llashga harakat qildi. To‘pga hujumchining soch uchlari tegib ketgan bo‘lsa kerak. Biroq FIFA Urugvayga qarshi bahsda dubl qayd etgan Fernandeshning golini qayd etdi.
Portugaliya terma jamoasi Qatar-2022da olti ochko jamg‘arib, muddatidan avval JCH-2022 pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.







