Tokayev va Putin O‘zbekiston bilan qanday ittifoq tuzmoqchi?
Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi gap aslida qanday ittifoq haqida ketganini ochiqladi.

Kecha Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari O‘zbekiston ishtirokida uch tomonlama ittifoqni mustahkamlash zarurligi haqida gapirgandi. Qosim-Jo‘mart Tokayevning matbuot xizmati ushbu tashabbus tafsilotlarini ochiqladi.
Tokayevning matbuot kotibi Ruslan Jeldibayning so‘zlariga ko‘ra, gap gaz ittifoqi haqida ketmoqda.
“Kremlda Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari muzokaralari davomida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tuzish haqida gap ketgandi. Bu O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari orqali Rossiya gazining transportirovkasiga oid harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida taklif qilindi”, – degan Jeldibay.
Tokayev va Putin bu bo‘yicha barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda ekspertlar ishtirokida muzokara o‘tkazish kerakligini qayd etgan.







