Pulishichning mazasi joyida
U kecha jarohat olgandi.

Amerikalik yarim himoyachi Kristian Pulishich Eron terma jamoasiga qarshi JCH-2022 guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida (1:0) jarohat oldi. Eslatib o‘tamiz, Pulishich uchrashuvning 38-daqiqasida gol urib, boshqa futbolchiga borib urilgandi. Yarim himoyachi o‘yinni davom ettirdi, ammo tanaffusda jarohati tufayli almashtirildi.
AQSH terma jamoasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tibbiy ko‘rik davomida Pulishichga tos suyagining chayqalishi tashxisi qo‘yilgan. Katta ehtimol bilan futbolchi terma jamoaning JCH-2022dagi navbatdagi o‘yinida ishtirok etishi mumkin.
AQSH terma jamoasi “B” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Turnirning 1/8 finalida Shimoliy Amerika terma jamoasi Gollandiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.







