Eng dolzarb

Yangi tadqiqot: kamida 3.6 milliard odam suv tanqisligiga duch kelmoqda

Butunjahon meteorologiya tashkilotining suv resurslariga oid yangi hisoboti eʼlon qilindi.

Yangi tadqiqot: kamida 3.6 milliard odam suv tanqisligiga duch kelmoqda

 

2050 yilda sayyora aholisining 5 milliardi suv tanqisligi bilan to‘qnashadi. Bu haqda Butunjahon meteorologiya tashkilotining “Global suv resurslari holati” hisobotida so‘z boradi.

 

“So‘nggi vaqtlarda iqlim o‘zgarishi oqibatlari aynan suv resurslari holatida yaqqol sezilmoqda: biz intensiv va uzoq davom etadigan qurg‘oqchiliklar, ekstremal toshqinlar, nomutanosib yog‘ingarchiliklar va muzliklar erishining tezlashishiga guvoh bo‘lyapmiz”, – degan tashkilot bosh kotibi Petteri Taalas.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi o‘zgarishlar iqtisodiyot, ekotizim va kundalik hayotning barcha sohalariga salbiy taʼsir o‘tkazmoqda. Hisobotda hozirgi kunda 3.6 milliard odam eng kamida bir oy suv yetishmovchiligi bilan to‘qnash kelayotgani qayd etilgan.

 

2001-2018 yillarda Yer sayyorasidagi barcha tabiiy ofatlarning 74 foizi suv bilan bog‘liq bo‘lgan. 2021 yilda Yerning katta maydonlarida so‘nggi 30 yilda kuzatilmagan qurg‘oqchilik yuz bergan. Masalan, Janubiy Amerikaning Rio-de-La-Plata hududida 2019 yildan buyon barqaror qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. Amazoniyaning janubi va janubi sharqi, Kolorado, Missuri va Missisipi daryolari  havzalarida ham shunday holatni ko‘rish mumkin.

 

Afrikaning Niger, Volta, Nil va Kongo daryolarida suv darajasi 2021 yilda odatdagidan past bo‘lgan. Rossiya va Markaziy Osiyoning ayrim mintaqalarida ham shunday vaziyat kuzatilgan.

 

Hisobot mualliflarining fikricha, uzoq istiqbolda Braziliyaning Rio-San-Fransisko, Patagoniya, Ganga va Hind daryolarining yuqori oqimi va AQSH janubi-g‘arbidagi daryo havzalarida suv balansi kamayib boradi.

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Yangi tadqiqot: kamida 3.6 milliard odam suv tanqisligiga duch kelmoqda | Zamon.uz