Meksika bilan birga murabbiyi ham ketdi
Jamoa keyingi bosqichga chiqolmadi.

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan o‘yindan so‘ng isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.
“O‘yin tugaganidan so‘ng jamoa bilan shartnomam tugadi”, — deya Martinoning so‘zlaridan “FOX Sports” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Meksika terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi, ammo bu jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish uchun yetarli emas edi. Polsha yakuniy jadvalda Meksikadan o‘zib ketdi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha 1/8 finalga chiqdi. Jahon chempionatida urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar o‘rtasidagi farq ko‘rsatkichi muhim rol o‘ynadi.







