Toshkentdan Nyu-Yorkkacha....
Dunyoning yashash uchun eng arzon va eng qimmat shaharlari reytingi eʼlon qilindi.

Economist jurnalining tahlil bo‘limi dunyoning yashash uchun eng qimmat bo‘lgan shaharlari reytingini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, Nyu-York va Singapur reytingda yetakchi bo‘ldi.
Ro‘yxatni shakllantirgan Economist Intelligence Unit so‘nggi bir yilda dunyoning 172 yirik shahrida narxlar 8.1 foizga oshganini qayd etgan. Bu so‘nggi 20 yilda kuzatilgan eng yirik ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ekspertlar Rossiya-Ukraina mojarosi narxlarning qimmatlashishiga sabab bo‘lgan eng katta omil ekanini aytmoqda. Bundan tashqari, Xitoydagi lokdaun ham bunga o‘z taʼsirini o‘tkazgan. Ushbu ikki omil yetkazib berish zanjirlari bilan bog‘liq muammoni keltirib chiqargan.
Nyu-York tarixda ilk bor eng qimmat shaharlar ro‘yxatiga kiritildi. Bunga yuqori inflyatsiya va dollar kursi sabab bo‘lgan. umumiy ko‘rinish quyidagicha:
- 1. Nyu-York
- 2. Singapur
- 3. Tel-Aviv
- 4. Gonkong
- 5. Los-Anjeles
- 6. Syurix
- 7. Jeneva
- 8. San-Fransisko
- 9. Parij
- 10. Sidney
- 10. Kopengagen
Мoskva va Sankt Peterburg yashash qimmatlashgan eng yirik shaharlardan bo‘lib turibdi. Bu ikki megapolis mos rashida o‘z 80 va 70 pog‘onaga ko‘tarilgan.
Dunyoning eng arzon shahri deb Tripoli tan olindi. Shuningdek, bu reytingga Toshkent ham kiritilgan.
- Dunyoning eng arzon shaharlari:
- 161. Kolombo
- 161. Bangalor
- 161. Jazoir
- 164. Chennai
- 165. Axmadobad
- 166. Olma-Ota
- 167. Karachi
- 168. Toshkent
- 169. Tunis
- 170. Tehron
- 171. Tripoli
- 172. Damashq







