Sport

Sensatsion mundialning guruh bosqich yakunlari

Ko‘z yoshlar, emotsiya, kutilmagan burilish, qariyalar va yoshlar…

Sensatsion mundialning guruh bosqich yakunlari

 

Kecha Qatarda bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari ortda qoldi. Shu tariqa keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘n oltita terma jamoa nomi maʼlum bo‘ldi. Alam va quvonch ko‘z yoshlari, kutilmagan bahslar, rekordlar va turli xil fakt musobaqaning guruh bosqich o‘yinlariga o‘zgacha joziba taqdim etdi. Quyida mundialning eng esda qolarli vaziyatlari va pley-off bosqichida to‘qnash keladigan jamoalarning imkoniyatlari haqida qo‘shimcha maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

Mezbonlarga xos xarakter ko‘rsatilmadi

 

Qatar jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, musobaqaga juda katta tayyorgarlik ko‘rdi. Mamlakat tashkiliy ishlar uchun mundiallar tarixida eng ko‘p pul sarflagan davlatga aylandi. O‘zining tartib-qoidalarini joriy etgan Qatar yakunda ko‘plab xorijliklarning eʼtiroziga sabab bo‘ldi. Biroq, yakunda bu qarama-qarshiliklar ham barham topdi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 600 ga yaqin boshqa din vakillari Islom dinini qabul qildi. Mamlakatda milliy urf-odatlar bilan birgalikda, diniy targ‘ibotlar kuchli davom ettirilmoqda. Bevosita guruh o‘yinlari haqida gapiradigan bo‘lsak, “A” guruhida Qatar mezbonlarga xos iroda ko‘rsata olmadi. Birinchi turda Ekvadorda uchralgan mag‘lubiyat yana bir anaʼanaga yakun yasadi. Yaʼni oxirgi jahon chempionatlarining birontasida mezbonlar turnirni mag‘lubiyat bilan boshlamayotgan edi. Kutilganidek guruhda Niderlandiyaning imkoniyatlari yuqori bo‘lib chiqdi. Ekvador va Senegal ikkinchi o‘rin uchun jiddiy kurash olib bordi. Qatar esa bu uchala jamoaga ochko ulashuvchi jamoa bo‘lib chiqdi. Yana bir qiziq tomoni qatarliklar mundiallar tarixida ilk golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakatda futbol bo‘yicha yana talaygina ishlar amalga oshirilishi kerakligi yaqqol sezilib qoldi. Shu tariqa, “A” guruhida Niderlandiya va Senegal termalari keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

 

Kutilmaganda kutilgan o‘yinlar

 

Messi uchun so‘nggi jahon birinchiligi deya eʼtirof etilayotgan turnirda Argentina Saudiya Arabistoniga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ana shundan keyin musobaqaning o‘sha oqshomi kim uchundir tantanaga aylangan bo‘lsa, kim uchundir alamli bo‘ldi. Saudiya bu g‘alabasi bilan mundiallar tarixidagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Mazkur bahsdan so‘ng arablarning muxlislari millionlardan oshdi. Mamlakat rahbari bu yutuqdan so‘ng jamoaning har bir aʼzosiga ikki yarim million yevro va “Rolls-Royce” avtomashinalari topshirildi. Bu xabar butun yer yuzi bo‘ylab millionlab OAV nashrlarida eʼlon qilindi. Argentina bo‘lsa, navbatdagi o‘yinlarni kutishga majbur bo‘ldi. Nihoyat kutilmagan ceriyaga yakun yasalib Messi sardorlik qilayotgan jamoa guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tillardan tillarga doston bo‘lgan saudiyalik futbolchilar esa birgina g‘alaba bilan guruhni so‘ngi o‘rinda yakunladi. “Yaxshi ot keyin chopadi”, — degan maqol o‘z tasdig‘ini topdi. Guruhda ikkinchi o‘rin Polshaga nasib etgan bo‘lsa, Meksika uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

 

“B” guruhi Eronning o‘z madhiyasini aytmagani bilan esda qoldi. Angliyadan yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan forslar keyingi o‘yinlarda ancha ishonchli harkat qildi. Ikkinchi turda UELS‘ni 2:0 hisobida yutgan Eron oxirgi turda AQSHga mag‘lub bo‘ldi. Bir g‘alaba bilan tugagan mundialdan so‘ng jamoa murabbiyi ishdan ketmoqchi ekanligini maʼlum qildi. Angliya esa birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. AQSHga ikkinchi o‘rin nasib etdi. Hozircha Angliya jahon chempionatida mag‘lub bo‘lmagan jamoalardan biri bo‘lib turibdi.

 

Osiyoliklar sizlarga o‘yinchoq emas

 

“E”guruhida Yaponiya favoritlar orasida olti ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Ispanlarni irodali tarzda mag‘lub etgan “samuraylar” yana bir bor muxlislarning mehrini qozondi. Turnir davomida yaponiyalik muxlislar barchaga o‘rnak bo‘ladigan ishlarni amalga oshirdi. Sababi ular o‘yinlar davomida barcha chiqindilarni tozalab ketishdi. Bu esa oxirida boshqa jamoa ishqibozlariga ham o‘rnak bo‘ldi. Nemislarning birinchi turda Qatardagi cheklovlarga qarshi og‘izlarini berkitgan holda rasmga tushgani ijtimoiy tarmoqlarni “yondirdi”. Aynan mana shu xatti-harakat nemislarning keyingi bosqichga chiqolmaganiga sabab bo‘lgani bot-bot aytilmoqda. Bu birgina holat. Umuman guruh o‘yinlari davomida Germaniya ishonchsiz harakat qildi. Asosan yoshlardan tarkib topgan Ispaniya esa ikkinchi o‘rin bilan cheklandi. Kosta-Rika bu safar hayratlantira olmadi. Shimoliy amerikaliklar oxirgi o‘rinni band etdi. “D” guruhi vakili Avstraliya ham Osiyo jamoalari ichida keyingi bosqichga chiqqan termaga aylandi. “Yashil qitʼa” vakillari guruhda Fransiyadan keyin ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Turnir kashfiyoti deyilayotgan Daniya esa mundialni oxirgi o‘rinda yakunladi. Tunis musobaqani tark etgan navbatdagi Afrika jamoasi bo‘ldi.

 

Qariyalar yoshlarga qarshi

 

Ichki kelishmovchiliklar Belgiyaning o‘yinlariga salbiy taʼsir ko‘rsatdi degan xabarlar hammaning diqqat-markazida bo‘ldi. Jamoa aʼzosi Kevin Debryuyni termadagi ichki muhit va futbolchilarning yoshi kattalashib qolgani sababli bu musobaqada yaxshi natija ko‘rsata olishmasligini tan olgandi. Yakunda ham shunaqa bo‘lib chiqdi. “Qariyalar jamoaci” to‘rt ochko bilan turnirni uchinchi o‘rinda yakunladi. Kanada keyingi musobaqaga katta kuch to‘plab kelishni vada berdi. Shu tariqa keyingi bosqichda “F” guruhi sharafini Marokash va Xorvatiya jamoalari himoya qiladigan bo‘ldi.

 

“G” guruhida esa hech qanday kutilmagan natija qayd etilmadi. Faqat birgina Neymarning jarohat olgani muxlislarning xavotiriga sabab bo‘ldi. Guruhda Braziliya birinchi bo‘lgan bo‘lsa, Shveysariya ikkinchi jamoa bo‘ldi. Braziliyani oxirgi turda mag‘lub etgan Kamerun guruhning uchinchi termasiga aylandi. Serbiya esa Yevropaliklarga xos o‘yin ko‘rsata olmadi.

 

“Yettilar” yutdi 

 

Jahon chempionatining so‘ngi guruhi ham qizg‘in bahslarni taqdim etdi. Klublar va terma jamoalarda yettinchi raqamda o‘ynaydigan Ronaldu va Son keyingi bosqichga munosib tarzda yo‘l oldi. Gana va Urugvay adovatlari esa jamoalarning turnirni tark etishi bilan tugadi. Ikki terma o‘rtasidagi bahs aslida 2010 yil boshlangan. Unda Sures qo‘li bilan darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytargani, afrikaliklarning gol urolmagani va yakunda Urugvayning g‘alabasi Ganani kechagi o‘yinda yana-da g‘alabaga o‘ch bo‘lishga majbur etdi. O‘n yildan oshgan bu qarama-qarshilik kechagi bahsda ham yaqqol sezildi. Shu tariqa mundial guruh bosqichining oxirgi o‘yinlari ko‘z yoshlar bilan yakunlandi. Son quvonch ko‘z yoshlarini tiyib turolmagan bo‘lsa, Luis Suares endi boshqa mundiallarda o‘ynay olmasligidan alamli ko‘z yosh to‘kdi.

 

Musobaqaning pley-off o‘yinlari bugundan start oladi. Endi hech qaysi jamoaning xato qilishga haqqi yo‘q. Kim qoqilsa, u uchun Qatardagi safar yakunlanadi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Sensatsion mundialning guruh bosqich yakunlari | Zamon.uz