Futbol bo‘yicha Jahon chempionati formati o‘zgarishi mumkin
JCh—2026’da 48 ta jamoa ishtirok etishi kutilyapti.

2026-yili AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishi kutilyapti.
Tashkilotchilar 48 ta jamoani uchta ishtirokchidan iborat 16 ta guruhga ajratishni rejalashtirgandi. Biroq endi to‘rtta ishtirokchidan iborat 12 ta guruhga ajratish masalasini muhokama qilinmoqda.
Hozircha bu bo‘yicha bir qarorga kelinmagan. Manfaatdor tomonlar kelgusi oylarda shu masalani yana muhokama qiladi va so‘nggi qaror qabul qilinishi kerak.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, ko‘proq o‘yinlar o‘tkazilishi evaziga turnir yana bir necha kunga uzaysa, FIFA ham, yirik homiylar ham e’tiroz bildirmaydi. Ular chipta sotish, translyasiya va boshqa imtiyozlar orqali qo‘shimcha daromad olishi mumkin.








