Brakamonte g‘alati gap aytdi
U Messi haqida gapirgan.

“Rostov”, “Terek” va “Moskva” klublarining sobiq futbolchisi Ektor Brakamonte Argentina terma jamoasining Avstraliya terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati 1/8 final uchrashuvidagi g‘alabasi haqida gapirdi.
"Bu Messi! Bu Argentina! Bu bo‘lajak jahon chempioni! Analitika nima o‘zi? Hozircha bu muvaffaqiyatni nishonlaymiz. Olg‘a Argentina!”, — dedi sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Messining goli Argentinaga Avstraliya termasini mag‘lub etishga (2:1) va jahon chempionatining chorak finaliga chiqishga yordam berdi. Biroz oldin Gollandiya terma jamoasi ham jahon chempionatining chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Argentina va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.







